Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahonda milliarderlar soni qo‘ziqorin misoli ko‘paymoqda

Jahonda milliarderlar soni qo‘ziqorin misoli ko‘paymoqda

Foto: Pexels

Jahonda milliarderlar soni qo‘ziqorin misoli ko‘paymoqda: Forbes nashrining 40-yubiley reytingi shunday xulosa chiqarishga izn beradi.

Hozir dunyoda milliarderlar jami soni 3 428 nafarga yetdi, bu 2025-yilga nisbatan 400 nafarga ko‘p. Har kuni jahonning qayeridadir kamida bir nafar yangi milliarder paydo bo‘lmoqda.

Ana shu milliarderlarning jami boyligi bir joyga yig‘ilsa 20,1 trillion dollar bo‘ladi. Solishtirish uchun: AQSh yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda taxminan 30 trln dollarga baholangan.

Jahon milliarderlari (top-10):

1. Ilon Mask — $839 mlrd. Manbalari: Tesla, SpaceX. U tarixdagi eng boy inson sifatida o‘z mavqeini mustahkamladi.

2. Larri Peyj — $257 mlrd. Manba: Google (Alphabet).

3. Jeff Bezos — $224 mlrd. Manba: Amazon. O‘tgan oyga nisbatan bir pog‘ona yuqoriladi.

4. Sergey Brin — $237 mlrd. Manba: Google (Alphabet).

5. Mark Sukerberg — $222 mlrd. Manba: Meta (Facebook). Ro‘yxatdagi eng yosh milliarder (41 yosh).

6. Larri Ellison — $190 mlrd. Manba: Oracle.

7. Bernar Arno va oilasi — $171 mlrd. Manba: LVMH.

8. Jensen Xuang — $154 mlrd. Manba: Nvidia. AI (sun’iy intellekt) sohasidagi yuksalish tufayli ilk bor top-10 talikka kirdi.

9. Uorren Baffet — $149 mlrd. Manba: Berkshire Hathaway.

10. Amansio Ortega — $148 mlrd. Manba: Zara (Inditex).

Alisher Usmonov Rossiya milliarderlari reytingida 10-pog‘onadan joy olgan (14,5 mlrd AQSh dollari).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring