Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxdagi fermer xo‘jaligi salkam 5 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

Jizzaxdagi fermer xo‘jaligi salkam 5 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Jizzaxda deyarli 5 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilindi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, 12-may kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan “A.E.J.” fermer xo‘jaligi rahbari A.S. quvvati 60 kVt bo‘lgan 8 ta suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari ulashi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 4 mlrd. 739 mln. so‘mlik elektr energiyasini bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring