Koreya kompaniyasi Toshkentdagi yangi xalqaro aeroport qurilishida ishtirok etadi

Janubiy Koreyaning The Korea Herald elektron nashri Incheon International Airport Corporation (IIAC) kompaniyasi O‘zbekiston poytaxti Toshkentda qurilishi boshlangan yangi xalqaro aeroport uchun aeroportlar ekspluatatsiyasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Nashrda ta’kidlanishicha, Yangi Toshkent xalqaro aeroporti loyihasi yirik infratuzilma tashabbusi bo‘lib, Saudiya Arabistonining Vision Invest infratuzilma investitsiya kompaniyasi ishtirokida davlat-xususiy sherikchilik asosida ishlab chiqilgan. O‘zbekiston hukumatining aviatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish rejasining asosi bo‘lgan mazkur aeroport Markaziy Osiyo uchun havo logistika markazi bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Kelishuvga ko‘ra, IIAC keyingi besh yil davomida o‘zining operatsion va xizmat ko‘rsatish tajribasini Toshkent hududiga, jumladan, xavfsizlik, IT infratuzilmasi, yo‘lovchi tajribasi va xavfsizlik tizimlari, Inchxon jahon e’tirofiga sazovor bo‘lgan barcha sohalarda qo‘llagan holda keng qamrovli konsalting xizmatlarini taqdim etadi.
"O‘zbekiston Markaziy Osiyoda transport markaziga aylanish uchun kuchli salohiyatga ega, – dedi IIAC bosh direktori Li Xak-Je. – Biz mintaqada ikkinchi va uchinchi Inchxon aeroportlarini tashkil etishni maqsad qilganmiz, bu bizning xorijdagi biznesimizni kengaytirish uchun muhim ko‘prikni qurishdir".
"IIAC'ning O‘zbekistondagi faoliyati Toshkentdan tashqarida ham mavjud. Shu kuni kompaniya "Urganch" aeroportini rivojlantirish bo‘yicha Uzbekistan Airports AJ bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari – asosiy ob’yektlarni bosqichma-bosqich qurish, terminallar faoliyatini optimallashtirish, aviakompaniyalarni jalb etish va tijorat daromadlarini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik shartnomasini imzoladi", – deyilgan maqolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter