Lev Tolstoy nega Nobel mukofotini olishni istamagan?

Lev Tolstoy 1906-yil 8-oktyabrda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga o‘zining nomzodi ko‘rsatilishidan bosh tortgan. 78 yoshli yozuvchi pul faqat zarar keltirishiga qattiq ishongan.
Rossiya fanlar akademiyasi uni Nobel mukofotiga da’vogar sifatida ko‘rsatganidan xabar topgan Lev Nikolayevich darhol yaqin tanishi va o‘z asarlarining tarjimoni — fin yozuvchisi Arvid Yarnefeltga maktub yo‘llab, undan shved hamkasblarini mukofotni boshqa odamga topshirish kerakligiga ko‘ndirishni so‘raydi.
Albatta, Yarnefelt avvaliga hayron qoldi, ammo do‘stining iltimosini yerda qoldirmadi. 1907-yilda mukofot uncha tanilmagan italiyalik shoir Jozue Karduchchiga topshirildi.
Mukofotdan voz kechgan Lev Tolstoy esa katta mablag‘ni tasarruf etishdek og‘ir majburiyatdan xalos bo‘lganidan yengil tin olgan. Uning chuqur e’tiqodiga ko‘ra, pul, garchi mehnat evaziga kelsa hamki, faqat yomonlik keltiradi.
«Pulda, pulning o‘zida, unga egalik qilishda qandaydir axloqsizlik bor», — deb yozgandi buyuk yozuvchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter