Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maduro qo‘lga olinishiga pul tikib 400 ming dollar yutgan harbiy hibsga olindi

Maduro qo‘lga olinishiga pul tikib 400 ming dollar yutgan harbiy hibsga olindi

Illyustrativ foto

AQSh Adliya vazirligi Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazilgan harbiy amaliyotga oid maxfiy ma’lumotlardan shaxsiy boyish maqsadida foydalangan harbiyni hibsga oldi.

AQSh armiyasining maxsus kuchlari (Special Forces) a’zosi, 38 yoshli Gennon Ken Van Dayk Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish amaliyoti natijalariga pul tikib, 400 000 dollardan ortiq foyda ko‘rganlikda ayblanmoqda.

Tergovga ko‘ra, Gennon Ken Van Dayk nafaqat ushbu amaliyot ishtirokchisi, balki uning asosiy reja tuzuvchilaridan biri bo‘lgan. U maxfiy ma’lumotlardan foydalanib, Polymarket platformasida strategik stavkalarni amalga oshirgan.

U dekabr oxiridan 2-yanvargacha bo‘lgan muddatda 13 ta stavka orqali jami 33 034 dollar tikkan. Van Dayk AQShning Venesuelaga bostirib kirishi va Maduroning 31-yanvargacha hokimiyatdan ketishini «bashorat qilgandi».

Maduro qo‘lga olingach, stavkalar 1242 foiz foyda keltirdi. Bu atigi bir necha soat ichida 404 222 dollar sof daromad demakdir.

Aynan mana shu shubhali «yutuq» askarning jinoiy qilmishini fosh etishga asos bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring