Mutasaddilarga 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish vazifasi qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yaratilgan yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Belgilanishicha, hududlar rahbarlari sentyabr–dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish bo‘yicha majburiyat oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi qo‘yildi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallalarda aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter