Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi Chodaksoy soyidan 23 yoshli yigitning jasadi olib chiqildi

Namangandagi Chodaksoy soyidan 23 yoshli yigitning jasadi olib chiqildi

Joriy yil 28-may kuni 23 yoshli yigit qarindoshlari bilan birgalikda Pop tumanida joylashgan dam olish maskaniga kelib, u yerdan oqib o‘tuvchi «Chodaksoy» soyiga cho‘milish maqsadida tushgan. Ehtiyotsizligi oqibatida u suvda cho‘kib ketib, qayta chiqmagan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi. Tekshiruv doirasida tuman FVBning qutqaruvchilari jalb etilgan holda suvga cho‘kib ketgan yigitni qidirib topish ishlari amalga oshirilgan.

Natijada kecha, 4-iyun kuni Pop tumani «Shayxon» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chodaksoy soyidan 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroning jasadi topildi va tegishli tartibda mutasaddi tashkilotlarga topshirildi.

FVV, o‘z navbatida, fuqarolarni cho‘milish taqiqlangan hamda xavfli deb belgilangan hududlarda suvga tushishdan ogohlantirmoqda.

«Suv havzalari va soy-kanallarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti va salomatligini saqlashning eng muhim omillaridan biridir. Bir lahzalik ehtiyosizlik og‘ir va qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin.

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrang, suvda xavfsizlik qoidalariga amal qiling!» – deyiladi vazirlik axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring