Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadiga doir deklaratsiya to‘ldiradi

Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadiga doir deklaratsiya to‘ldiradi

Foto: SI

Hukumatning 19-oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, Navoiy va Chirchiq shaharlarida 18 yoshdan oshgan, doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar uchun yillik daromad deklaratsiyasi tajriba tariqasida joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, 2026–2027 yillardagi daromadlar bo‘yicha deklaratsiya topshiriladi.️ Deklaratsiyada ish haqi, boshqa daromadlar, mol-mulk va ayrim xarajatlar ko‘rsatiladi.️ Ma’lumotlar esa «Soliq» mobil ilovasi yoki elektron soliq xizmatlari portali orqali yuboriladi.

Deklaratsiya har yili 1-aprelgacha taqdim etilishi kerak.

Belgilanishicha, daromad va xarajatlar o‘rtasidagi aniqlashtirilgan farqqa qo‘shimcha soliq hisoblanmaydi (qonunda belgilangan istisnodan tashqari).

Shuningdek, tajriba soliq organlari xodimlariga ham tatbiq etiladi. Ayrim yangi ishga qabul qilingan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar bundan mustasno.

Eslatib o‘tamiz, mansabdor shaxslarning daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilishga doir oxirgi yangilanishlar 2021-yilning iyun oyida bo‘lgan va unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov amaldorlar uchun daromadlari haqida deklaratsiya to‘ldirishning majburiy bo‘lishi muddati 2022-yil 1-yanvar etib belgilanganini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring