Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘FA 340 ming dollar jarima to‘laydi

O‘FA 340 ming dollar jarima to‘laydi

Shu yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston-Qatar uchrashuvi tugashi bilan maydonga futbolchilarni mukofotlash uchun ajratilgan BYD avtomobillari olib kirilgani qoidabuzarlik deb topildi.

OFK tartib-intizom qo‘mitasiga qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 340 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi.

OFK mezbonlardan stadion hududida, maydon ichida va atrofida o‘z homiylari brendlaridan boshqa brendlar bo‘lmasligini qat’iy talab qiladi. Chunki, OFK JCh saralash o‘yinlari uchun har bir mezbon jamoaga pul to‘laydi. O‘zbekiston shu talabni bajarmagani uchun 340 ming dollar to‘laydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring