Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oltiariqdagi ko‘chat omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Oltiariqdagi ko‘chat omborida yong‘in sodir bo‘ldi

23 fevral kuni soat 13:24 da “112” yagona tezkor chaqiruv tizimi orqali Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Oltiariq tumani “Povirg‘on” MFY, “Kampikoy” ko‘chasida joylashgan daraxt ko‘chatlari saqlash ombori (muzlatgich)da yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lumotga ko‘ra, yong‘in joyiga 7 ta qutqaruv bo‘linmasi texnikasi soat 13:30 da yetib borgan. Kuch va vositalarning tezkor harakati natijasida yong‘in soat 13:42 da o‘rab olingan va bartaraf etish ishlari olib borilgan.

Yong‘in soat 14:20 da batamom o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Ayni paytda yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring