Toshkentdagi Park in Mall savdo markazida yong‘in ro‘y berdi
15-mart kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazida yong‘in ro‘y berdi. Markazning 3-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga yetib borib, yong‘in o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Aytilgan manzilda Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo majmuasining 3-qavati 25 kv.m maydoni yonib zararlangani aniqlandi. Yong‘in hududi ta’mirlanayotgan bo‘lgan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter