Rossiya o‘zbekistonlik mahkumlarni yurtiga qaytarishga tayyor, biroq...
Rossiya O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 3 mingdan ortiq mahkumni vatanga o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq O‘zbekiston hozircha mahkumlarni qabul qila olmayapti. Bunga sabab – tegishli xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilinmagani.
Gap 1998-yilda qabul qilingan, mahkumlarni jazoni o‘z yurtida o‘tash imkonini beruvchi xalqaro kelishuv haqida bormoqda. Rossiya ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilgan.
Mazkur kelishuv Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston kabi davlatlarda ham amal qiladi. U mahkumlarning ijtimoiy reabilitatsiyasini yengillashtirishga qaratilgan.
Ayni paytda O‘zbekiston mazkur shartnomaga qo‘shilmagani sababli, mahkumlarni o‘tkazish jarayoni amalga oshirilmayapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter