Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?

O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?

Foto: Xabar.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p ish bilan ta’minlanganlar qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu tarmoqda 3 million 132,6 ming nafar aholi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish sohasida 2 million 661,8 ming kishi band. Ishlab chiqarish sanoatida esa 1 million 699,6 ming nafar aholi mehnat qilmoqda.

Ulgurji va chakana savdo hamda transport vositalarini ta’mirlash sohasida 1 million 507,9 ming, qurilishda 1 million 450,5 ming kishi ish bilan ta’minlangan.

Ta’lim sohasida 1 million 367,6 ming nafar, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda 719,4 ming kishi faoliyat yuritmoqda.

Davlat boshqaruvi va mudofaa, shuningdek majburiy ijtimoiy ta’minot sohasida 637,0 ming nafar band. Tashish va saqlash sohasida esa 584,6 ming kishi ishlamoqda.

Yashash va ovqatlanish xizmatlarida 389,5 ming, professional, ilmiy va texnik faoliyatda 152,6 ming, boshqaruv va yordamchi xizmatlarda 114,2 ming nafar aholi band.

Axborot va aloqa sohasida 108,8 ming, moliyaviy va sug‘urta faoliyatida 82,9 ming, energetika tarmoqlarida 70,7 ming kishi mehnat qilmoqda.

Ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar sohasida 67,8 ming nafar, san’at va dam olish tarmoqlarida 66,9 ming kishi band.

Tog‘-kon sanoatida 66,7 ming, suv ta’minoti va chiqindilarni qayta ishlash sohasida 52,8 ming nafar aholi faoliyat yuritmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring