Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston — Kanada o‘yiniga 50 mingdan ortiq chipta sotildi

O‘zbekiston — Kanada o‘yiniga 50 mingdan ortiq chipta sotildi

Foto: O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi

Ertaga, 2 iyun kuni kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Bugun mazkur bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘yinga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi.

Aytilishicha, o‘yinga 50 mingdan ortiq chipta sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 2 iyun kuni soat 06:00da Edmonton shahridagi «Commonwealth» stadionida start oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring