Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston metallurgiya sanoati 6 oyda 183 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekiston metallurgiya sanoati 6 oyda 183 trln so‘mdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda metallurgiya sanoati hajmi qariyb 183 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga oshgan. Tarmoq ishlab chiqarishining asosiy qismi Navoiy va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Navoiy viloyatida metallurgiya sanoati hajmi 120,7 trln so‘mga yetgan. Toshkent viloyatida esa 44,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Toshkent shahrida metallurgiya sanoati hajmi 10,3 trln so‘mni tashkil etgan. Samarqand viloyatida 4,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Namanganda bu ko‘rsatkich 659,8 mlrd so‘m, Sirdaryoda 621,4 mlrd so‘m, Jizzaxda 262,6 mlrd so‘m bo‘lgan.

Farg‘ona viloyatida metallurgiya sanoati hajmi 236,7 mlrd so‘m, Buxoroda 185,4 mlrd so‘m, Surxondaryoda 126 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 67,8 mlrd so‘m, Andijonda 42,6 mlrd so‘m, Xorazmda 26,8 mlrd so‘m, Qashqadaryoda esa 16,6 mlrd so‘mlik metallurgiya mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring