Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston yil boshidan buyon qariyb 213 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi

O‘zbekiston yil boshidan buyon qariyb 213 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi

Foto: Xabar.uz

2026-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan xorijga 207,3 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, umumiy eksport hajmi 219,9 ming tonnani tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,1 ming tonnaga yoki 14 foizga oshgan.

Eksport tarkibida sabzavotlar yetakchi o‘rinni egallab, 87,9 ming tonnani tashkil etgan. Shuningdek, meva va rezavorlar 56,5 ming tonna bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Meva-sabzavot eksportida turli mahsulotlar muhim o‘rin tutadi. Jumladan, mosh eksporti 11,8 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, yong‘oq va yeryong‘oq mahsulotlari 5 ming tonna atrofida bo‘lgan.

Shu bilan birga, mavsumiy mahsulotlardan hisoblangan tarvuz va qovun eksporti 0,2 ming tonna darajasida qayd etildi. Qolgan 58,5 ming tonna mahsulot esa boshqa turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring