Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlashi qariyb 1 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlashi qariyb 1 mlrd dollarga yetdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025 yil «Xalqaro tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilingani bilan samimiy tabrikladi.

Turkmaniston Prezidentining yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb bir milliard dollarga yetdi. «Shovot-Toshhovuz» chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Yuk tashish hajmi 30 foizga oshdi, jumladan, Turkmanboshi porti orqali yetkazib berish faollashdi. Faol gumanitar va hududlararo almashinuvlar davom etmoqda.

Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va Hududlar forumining bo‘lajak yig‘ilishlarida savdo hajmini karrasiga oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni samarali ilgari surish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring