O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning avtomobillari soni 4,7 milliontadan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 725,9 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.
Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 92,9 foiz) tashkil etadi. 2024-yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 415,3 mingtaga oshgan.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
- yengil avtomobillar — 4 392,4 ming dona;
- yuk avtomobillari — 312,7 ming dona;
- mikroavtobuslar — 7,5 ming dona;
- maxsus transport vositalari — 7,3 ming dona;
- avtobuslar — 6 ming dona.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter