Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda kafe va restoranlar 70 trln so‘mga yaqin savdo qildi

O‘zbekistonda kafe va restoranlar 70 trln so‘mga yaqin savdo qildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatiga O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 32 ming 266 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

2026-yilning yanvar–aprel oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 69,8 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,2 foizga yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Hisobot davrida umumiy savdo aylanmasining 79,8 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bu ko‘rsatkich mamlakatda kafe, restoran, milliy taomlar markazlari va boshqa ovqatlanish shoxobchalari faoliyatida asosiy o‘rinni aynan xususiy sektor egallayotganini ko‘rsatadi.

Yirik korxonalarning ulushi esa 20,2 foizni tashkil etgan. Bu esa bozorning asosiy qismi hanuz kichik va o‘rta biznes vakillari hisobiga shakllanayotganini anglatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring