Polsha orqali xalqaro yuk tashuvchi tadbirkorlar ogohlantirildi
O‘zbekiston Transport vazirligi Polsha Respublikasi hududi orqali xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga murojaat bilan chiqdi.
Vazirlik tadbirkorlarga «SENT» elektron monitoring tizimi talablari bilan oldindan tanishib chiqishni tavsiya etmoqda.
Mazkur tizimda tashuvchi, yuboruvchi va qabul qiluvchi tomonlar tovar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oldindan elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.
Talablarga rioya etmaslik transport vositalarining chegarada ushlanib qolishi, yuk yetkazib berish muddatlarining kechikishi hamda jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
«Xalqaro tashuvlarni rejalashtirishda mazkur talablarni inobatga olishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter