Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polsha o‘z yadroviy qurolini yaratish masalasini ko‘rib chiqyapti

Polsha o‘z yadroviy qurolini yaratish masalasini ko‘rib chiqyapti

Polsha bosh vaziri Donald Tusk mamlakat kelajakda o‘z yadroviy quroliga ega bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.

Tuskning aytishicha, Varshava yadroviy xavfsizlik masalasiga juda jiddiy qaraydi va mamlakat bu sohada imkoni boricha mustaqil harakat qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Polsha yadroviy xavfsizlik masalasiga juda jiddiy munosabatda. Biz bu sohada kelajakda imkon qadar mustaqil harakat qilishga tayyorgarlik ko‘ramiz», – dedi Polsha bosh vaziri.

Uning ta’kidlashicha, Varshava passiv pozitsiyada qolmoqchi emas va atom energetikasi hamda xavfsizlik sohasidagi loyihalarni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Donald Tusk Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ittifoqchi davlatlarda yadroviy qurol tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni vaqtincha joylashtirish tashabbusi yuzasidan Parij bilan muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qilgan.

Polsha bosh vaziri bu masala bo‘yicha Shvetsiya va Daniya kabi Yevropa davlatlari bilan ham maslahatlashuvlar o‘tkazganini bildirdi. Ularning ayrimlari mazkur tashabbusga qiziqish bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, muzokaralarning navbatdagi bosqichi 10 mart kuni Parijda o‘tadigan yadroviy energetika sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron global xavf-xatarlar ortib borayotgani sabab Fransiya o‘z yadroviy arsenalini kengaytirishini ma’lum qildi.

«Men mamlakatimiz yadroviy arsenalidagi yadroviy zaryadlar sonini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdim», – dedi Makron.

Shuningdek, u Fransiya bundan buyon o‘z yadroviy arsenali hajmi haqidagi ma’lumotlarni ochiqlamasligini ham qo‘shimcha qildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring