Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonga chetdan tovuq tuxumlarini olib kirish vaqtincha cheklandi

Qozog‘istonga chetdan tovuq tuxumlarini olib kirish vaqtincha cheklandi

Foto: Xabar.uz

Qozog‘istonga chetdan tovuq tuxumlarini olib kirish 11-dekabrdan vaqtincha taqiqlandi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligining 5-dekabrdagi buyrug‘iga ko‘ra, uchinchi mamlakatlardan va YeOII mamlakatlaridan barcha turdagi transport vositalari orqali yangi tovuq tuxumlarini Qozog‘iston Respublikasi hududiga olib kirishga bir oy muddatga taqiq joriy etildi. Ammo mamlakat hududi orqali tovuq tuxumlari tranzitiga ruxsat beriladi.

Vazirlik izoh berishicha, cheklovdan maqsad — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston 2025-yil 9-aprelidan tovuq tuxumi importini olti oy muddatga to‘xtatgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring