Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qudratlilar uchrashuvi: Tramp va Si Szinpin qachon ko‘rishishi aniq bo‘ldi

Qudratlilar uchrashuvi: Tramp va Si Szinpin qachon ko‘rishishi aniq bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp 30-oktyabr kuni Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt matbuot brifingida ma’lum qildi

Uchrashuv Amerika rahbarining Malayziyaga tashrifi bilan boshlanadigan Osiyo turnesining so‘nggi kunida bo‘lib o‘tadi. 

Donald Tramp Malayziya, Yaponiya va Koreya Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Levittning tasdiqlanishicha, Amerika rahbari Osiyo bo‘ylab safari davomida Yaponiyaning yangi bosh vaziri Sanam Takaichi bilan uchrashadi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvi chog‘ida barcha ikki tomonlama masalalar, jumladan, yadroviy qurollarni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishni kutayotganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Tramp Budapeshtda Vladimir Putin bilan uchrashuvni bekor qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring