Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi «Silk Road Finance & Technology Forum»da (video)
Ayni kunlarda poytaxtimizda ilk bor Xalqaro «Silk Road Finance & Technology Forum» bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning turli nuqtalaridan kelgan moliyachilar, texnologiya sohasi vakillari, investorlar va turli startaplarni bir maydonga jamlagan forumda xalqaro hamkorlik, yangi texnologiyalar va kelajak moliyasi haqida qizg‘in muhokamalar davom etmoqda.
4 mingga yaqin forum ishtirokchilarining qariyb 30 foizi Xitoy, Kambodja, Keniya va Tailand kabi davlatlardan tashrif buyurgan markaziy bank vakillari va xalqaro kompaniyalar rahbarlaridan iborat.
Forumda asosiy e’tibor kelajakdagi bank va moliya tizimiga qaratilgan bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari qanday osonlashadi va bank xizmatlari yanada qulay bo‘lishi uchun nimalar qilish kerak kabi masalalar muhokama qilinmoqda. Shuningdek, raqamli bank tizimi, elektron to‘lovlar, raqamli valyutalar va yangi moliyaviy texnologiyalar haqida ham fikr almashilmoqda. Ushbu forum startaplar uchun ham katta imkoniyat, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Forum doirasida yosh tadbirkorlar va yangi loyihalar o‘z g‘oyalarini investorlarga taqdim etishi mumkin.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter