Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioning rafiqasi bilan Samarqandni ziyorat qildi

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioning rafiqasi bilan Samarqandni ziyorat qildi

Foto: Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi. 

«Qadrli mehmonimizni bu ko‘hna va betakror shaharning boy tarixi, umrboqiy an’analari, shuningdek, mohir ustalarning san’ati bilan tanishtirish niyatida unga hamrohlik qildim. 

Janett xonim qalbida O‘zbekiston va mehmondo‘st xalqimiz haqida unutilmas taassurotlar qoldi deb umid qilaman», deya ma’lum qildi Mirziyoyeva.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqanddagi mashhur Registon maydonida bo‘lgandilar. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring