Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini saralashda qatnashdi

Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini saralashda qatnashdi

Foto: Telegram

O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 11-12-dekabr kunlari Rimda Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik-2026» mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida qatnashdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu tadbir doirasidagi uchrashuvlar nomzodlarni har tomonlama o‘rganishga yordam berdi. Shuningdek, ularning o‘zaro hurmat, birdamlikni kuchaytirish hamda inson qadrini ko‘tarish borasidagi xizmatini baholashda muhim bosqich bo‘ldi.

«Bu yil tanlovda qatnashgan shaxslar va tashkilotlar haqiqatan kuchli — hamjamiyatlariga salmoqli ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan nomzodlar sifatida o‘zini namoyon etdi.

Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman.

Ishonchim komilki, bizning jamoaviy qabul qilgan qarorimiz jahonda o‘zaro anglashuv va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring