Salkam 60 mln dollar pora olgan xitoylik amaldor qatl etiladi

Salkam 60 mln dollar pora olgan xitoylik amaldor qatl etiladi.
Xitoylik rasmiy Van Bo poraxo‘rlikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi. U 2003-yilning birinchi yarmidan 2024-yilning mayigacha o‘z mansab mavqeini suiiste’mol qilib, jami 449 million yuan (58,5 million dollar) miqdorida pora olgan.
HK01 xabariga ko‘ra, sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgani va tergov bilan hamkorlik qilayotgani uchun jazo ikki yilga to‘xtatildi.
So‘nggi bir necha yil ichida Xitoyda korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniya natijasida ko‘plab amaldorlar o‘z lavozimlaridan chetlashtirildi. Ularning ko‘pi qamoq jazosiga, jumladan, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter