Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor qahva va saraton kasalligi bo‘yicha muhim faktni aytdi

Shifokor qahva va saraton kasalligi bo‘yicha muhim faktni aytdi

Rossiyalik oftalmolog va teleboshlovchi Mixail Konovalov qahva va saraton o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirdi.

Mamlakat Birinchi kanali veb-saytida mavjud bo‘lgan «Sog‘lom hayot kechiring!» ko‘rsatuvida mutaxassis mashhur ichimlikni erkaklar uchun foydali deb ta’rifladi

Konovalov qahva prostata saratoni xavfini kamaytirishini aytdi. U bu xulosaga kelishda ichimlikni muntazam ravishda iste’mol qiladigan odamlarni kuzatgan xitoylik olimlarni misol keltirdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har kuni qahva ichadigan erkaklarda saraton kasalligiga chalinish ehtimoli boshqalarga qaraganda 10 foizga kam. 

Avvalroq immunolog Andrey Prodeus va kardiolog German Gandelman qahvaning boshqa foydali xususiyatlarini sanab o‘tishgan. Xususan, ular ichimlik qon bosimi muammolaridan himoya qilishini ta’kidlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring