Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

So‘m yil boshidan buyon dollarga nisbatan 7,5 foizga mustahkamlandi

So‘m yil boshidan buyon dollarga nisbatan 7,5 foizga mustahkamlandi

Foto: Xabar.uz

Ichki valyuta bozorida so‘m mustahkamlanishi davom etmoqda. Markaziy bank ichki valyuta bozori sharhini e’lon qildi. 

2025-yilning yanvar-noyabr oylarida ichki valyuta bozorida muhim tendensiya kuzatildi-so‘m dollarga nisbatan barqarorlashib, mustahkamlanish fazasiga o‘tdi. 2025-yil boshidan buyon milliy valyuta almashuv kursi 7,5% ga mustahkamlandi. 

Joriy yilning 11 oyi davomida chet el valyutasiga talab o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24% ga, valyuta taklifi esa 26% ga o‘sdi. Bunda, yuridik shaxslarning valyutaga bo‘lgan talab va taklifi mos ravishda 24% va 35% ga oshdi. 

Mazkur tendensiya, talab bilan bir qatorda, taklifning o‘sish sur’ati ham yuqori bo‘lganini ko‘rsatib, aynan shu omil so‘mning barqarorligi va mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. 

Eksport tushumlari (oltinsiz) 2025 yil yanvar-noyabr oylarida 16,0 mlrd dollarga yetdi. Shundan 8,9 mlrd dollar ichki valyuta bozorida sotildi va bu ichki bozorga sezilarli qo‘shimcha valyuta manbai yaratdi.

Jismoniy shaxslar tomonidan banklarga 19,4 mlrd dollar sotildi (o‘tgan yilga qaraganda 4,8 mlrd dollarga ko‘p) va 10,6 mlrd dollar xarid qilindi (o‘tgan yilga nisbatan 25% ga ko‘p). 

Yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga 17,3 mlrd dollar miqdorida pul o‘tkazmalari kelib tushdi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25% ga ko‘p). Natijada, ichki valyuta bozori yanada barqarorlashdi. Bu jarayon milliy valyuta so‘mning mustahkamlanishiga yordam berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring