Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev bolalarga ijtimoiy tarmoqni cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi  

To‘qayev bolalarga ijtimoiy tarmoqni cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi  

Foto: TASS

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini qonun bilan taqiqlash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

To‘qayev bu haqda 28-avgust kuni Qozog‘istonning yangi bir palatali parlamenti — Qurultoyning birinchi sessiyasi ochilishida ma’lum qildi. U hukumat tomonidan tayyorlangan tegishli qonun loyihasini ustuvor tartibda ko‘rib chiqishni deputatlarga taklif qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, qonun qabul qilinsa, uni amalga oshirish mexanizmlari ham puxta ishlab chiqilishi kerak. Asosiy maqsad — bolalar uchun xavfsiz axborot muhitini yaratish.

Shuningdek, To‘qayev onlayn-platformalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka ham alohida e’tibor qaratish, axborot makonida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligini aytdi.

Hozircha mazkur cheklov kuchga kirgani yo‘q — u qonun loyihasi sifatida Qurultoyda ko‘rib chiqilishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring