Toshkentda 1912 yilda qurilgan tarixiy inshoot Zamonaviy san’at markaziga aylantirildi
Toshkent markazida 1912 yilda qurilgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosi qayta tiklanib, Zamonaviy san’at markaziga aylantirildi. Ko‘p yillar davomida qarovsiz holda bo‘lgan inshoot poytaxt sanoat me’morchiligining kamyob namunalaridan biri hisoblanadi.
Tarixiy binodan tijorat maqsadlarida foydalanish o‘rniga, uni madaniyat va san’at rivojiga xizmat qiladigan maskanga aylantirish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Loyiha Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
Yangi markaz mahalliy rassomlar va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Markaz faoliyatini «Hikmah» ko‘rgazmasi bilan boshlaydi. Unda 11 nafar san’atkorning ijod namunalari namoyish etilib, moziy hikmati, ajdodlar xotirasi va zamonaviy davr estetikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aks ettiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter