Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda eng ko‘p odam qaysi sohada ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda eng ko‘p odam qaysi sohada ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrida band aholi soni bo‘yicha eng katta ulush ulgurji va chakana savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda 241,6 ming nafar fuqaro mehnat qilmoqda.

Ishlab chiqarish sanoati 188,9 ming kishi bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Qurilish sohasida esa 161,2 ming nafar aholi band bo‘lib, bu tarmoq ham poytaxt iqtisodiyotining asosiy ish o‘rinlari manbalaridan biri sifatida saqlanib qolmoqda.

Shuningdek, ta’lim tizimida 139,4 ming nafar, davlat boshqaruvi va mudofaa hamda majburiy ijtimoiy ta’minot sohasida 118,6 ming nafar, tashish va saqlash tarmog‘ida esa 103,1 ming nafar fuqaro faoliyat yuritmoqda.

Poytaxtda boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish sohasida 96,2 ming nafar aholi ish bilan ta’minlangan. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida bandlar soni 79,1 ming nafarni tashkil etgan.

Yashash va ovqatlanish xizmatlarida 77,1 ming kishi mehnat qilmoqda. Professional, ilmiy va texnik faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar soni 71,2 ming nafarga yetgan.

Axborot va aloqa sohasida 71,1 ming kishi bandligi qayd etilgani raqamli iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ahamiyatini ko‘rsatadi. Moliyaviy va sug‘urta faoliyatida 43,5 ming nafar, ko‘chmas mulk operatsiyalari sohasida esa 31 ming nafar aholi mehnat qilmoqda.

Eng kam bandlik qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida kuzatilgan bo‘lib, unda 5,8 ming kishi ishlaydi. Elektr, gaz va havoni konditsiyalash sohasida 7,7 ming nafar, suv ta’minoti va chiqindilarni boshqarish yo‘nalishida esa 13,5 ming nafar aholi mehnat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring