Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan ushlandi

Toshkentda soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bektemir tumani soliq inspeksiyasi xodimlarining korrupsion harakatlari fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, soliq inspeksiyasi sho‘’ba boshlig‘i mahalliy tadbirkor do‘konida xaridorga savdo cheki berilmagani bo‘yicha kelib tushgan murojaat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va ishni sudga oshirmaslik evaziga 4 million so‘m pora talab qilgan.

Ushbu mablag‘ni inspektor orqali olgan vaqtida gumonlanuvchilar ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur inspektor joriy yil aprel oyida ham shu do‘konga oid boshqa murojaatni «ko‘rmasdan qoldirish» evaziga 1,5 million so‘m olgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring