Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda «qo‘shib yozuvchi» elektromontyor qo‘lga olindi

Andijonda «qo‘shib yozuvchi» elektromontyor qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti

Andijonda 680 ming so‘mlik qarzdorlikni 34 mln so‘m deb ko‘rsatgan elektromontyor ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Qo‘rg‘ontepa tumani «So‘fi qishloq» - podstansiya navbatchi elektromontyori F.X. fuqaro F.D.ning Jalaquduq tumani,«Namuna» MFY hududidagi xonadonida elektr energiyasidan 680 ming so‘mlik qarzdorligini 34 mln so‘m deb yolg‘on ko‘rsatib, 17 mln so‘m bersa ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berishini va’da qilib, 17 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.   

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring