Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda xalqaro moliya markazi va xalqaro tijorat sudi tashkil qilindi

Toshkentda xalqaro moliya markazi va xalqaro tijorat sudi tashkil qilindi

O‘zbekistonda moliyaviy sektorni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etildi. Bu Prezidentning 30 mart kuni qabul qilingan PF–48-sonli farmonida belgilangan.

Farmonga muvofiq, markaz tarkibida Toshkent xalqaro tijorat sudi ham faoliyat yuritadi. U birinchi instansiya va apellyasiya bosqichlaridan iborat bo‘lib, xalqaro nizolarni hal qilishga ixtisoslashadi.

Markaz hududida moliyaviy, investitsiya va bank xizmatlari, shuningdek, sug‘urta, raqamli aktivlar va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatlarga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, islomiy va yashil moliya, fintex xizmatlari ham ushbu hududda rivojlantiriladi.

Farmonga ko‘ra, markaz hududida alohida huquqiy rejim joriy etiladi. U konstitutsiyaviy qonun asosida tartibga solinadi va investorlar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan.

Markaz boshqaruv organlariga qator sohalarda mustaqil normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolati beriladi. Bu fuqarolik, korporativ, moliya, soliq va mehnat huquqi kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Markaz hududida Angliya va Uels umumiy huquqi tamoyillari qo‘llanilishi belgilangan. Bu esa xalqaro investorlar uchun tushunarli va ishonchli huquqiy muhitni ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring