Toshkentda FIFAning mintaqaviy ofisi ochiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qaror bilan Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini ochish to‘g‘risidagi takliflarga rozilik berdi.
Belgilanishicha:
- mintaqaviy ofisni tashkil etish va saqlash xarajatlari birinchi navbatda FIFA tomonidan ajratiladigan mablag‘lar, yetmagan qismi esa O‘zbekiston futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, biroq umumiy xarajatlarning 50 foizidan oshmagan miqdorda qoplanadi;
- mintaqaviy ofis Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi 98a-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining binosida beg‘araz asosda joylashtiriladi;
- mintaqaviy ofis binosini ta’mirlash, zarur mebel, jihoz, texnika va transport vositalari bilan ta’minlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ–355-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Bunda minimal saqlash talablari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter