To‘y kunidagi dahshat: kelinda to‘rtinchi bosqich saraton aniqlandi, so‘ngra...
AQShning Alabama shtatida kelin to‘yidan bir kun oldin avtohalokatga uchradi va to‘rtinchi bosqichdagi saraton kasalligiga chalinganini bildi. Bu haqda People nashri xabar berdi.
31 yoshli Melissa Adams svetoforda to‘xtab turganida boshqa bir mashina urib yubordi. U shifxonaga olib ketildi va kompyuter tomografiyasidan o‘tkazildi. Tasvirlarda uning tanasida bir nechta o‘smalar aniqlandi.
Adamsga follikulyar dendritik hujayrali sarkoma tashxisi qo‘yildi, bu odatda limfa tugunlariga ta’sir qiladigan noyob saraton turi. Tashxisga qaramay, Adams va uning turmush o‘rtog‘i marosimni davom ettirishga qaror qilishdi va ertasi kuni turmush qurishdi.
Adamsning so‘zlariga ko‘ra, u uzoq vaqtdan beri og‘riq va boshqa alomatlarni boshdan kechirgan, ammo ularni o‘zida mavjud bo‘lgan otoimmun kasallik bilan bog‘lagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter