Uyqudan avval shirinlik iste’mol qilishning zarari ma’lum qilindi
Shakar iste’moli tananing to‘liq dam olish qobiliyatini pasaytirishi ma’lum qilindi.
Dam olishdan oldin tarkibida shakar bo‘lgan mahsulot va shirinliklar iste’mol qilish tananing stressga dosh berish va to‘liq dam olish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Bu haqda Xalqaro psixofiziologiya jurnalida (IJP) chop etilgan tadqiqotchilar tomonidan chiqarilgan xulosada aytiladi.
94 nafar katta yoshlilar ishtirok etgan tajribada bir guruh ko‘ngillilar tarkibida glyukoza bor ichimlikni ichishdi, ikkinchi guruh esa suv ichdi. Keyin ishtirokchilar dam olishdi. Barcha ishtirokchilar sub’yektiv xotirjamlik hissi haqida xabar berishgan bo‘lsa-da, fiziologik ko‘rsatkichlar murakkabroq manzarani ochib berdi.
Dam olish texnikasi tiklanish uchun mas’ul bo‘lgan parasempatik asab tizimini faollashtirdi. Biroq, bir vaqtning o‘zida shakar iste’mol qilgan ishtirokchilar simpatik asab tizimining - stress va tana resurslarini safarbar qilish uchun mas’ul bo‘lgan tizimning faolligini oshirdilar. Natijada, tana yuqori qo‘zg‘alish holatida qoldi.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, bu shakar tananing dam olish rejimiga to‘liq o‘tish qobiliyatiga xalaqit berishi va meditatsiya yoki massaj kabi amaliyotlarning samaradorligini pasaytirishi mumkinligini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, odam o‘zini bo‘shashgan his qilishi mumkin, ammo tanasi stress ostida bo‘lgandek javob berishda davom etadi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, samaraliroq tiklanish va asab tizimiga tushadigan yukni kamaytirish uchun dam olishdan oldin shakarga boy ovqatlardan tiyilish yaxshiroqdir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter