Yangiyo‘lda yuk mashinasi avtobusni ag‘darib yubordi
Bugun Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hududida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, voqea tafsilotlari haqida viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, YTH 13-dekabr soat 16:30 lar atrofida Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-34 «Toshkent–Dushanbe» avtomobil yo‘lida yuz bergan. 1984-y.t. haydovchi boshqaruvidagi XCMG yuk mashinasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu avtobusning orqa yon qismiga urilib ketgan.
Avtobusning ikki nafar jarohatlangan yo‘lovchisiga tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani bildirilgan.
Holat bo‘yicha Yangiyo‘l tumani IIB tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter