Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zafarobod tumani hokimi YTHga uchradi: tafsilotlar

Zafarobod tumani hokimi YTHga uchradi: tafsilotlar

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Zafarobod tumani hokimi YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi. 

2026-yil 30-avgust kuni Zafarobod tumani Nurafshon MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

​Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi B. Mo‘minov “MAZ” rusumli yuk avtomashinasini Zafarobod yo‘nalishida boshqarib boraytib, chap tomonga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Zafarobod tumani hokimi G‘. Eshpo‘latov boshqaruvidagi “KIA SELTOS” avtomashinasining harakat yo‘liga chiqib ketgan.

​Natijada to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tuman hokimi G‘. Eshpo‘latov hamda avtomashinada yo‘lovchi sifatida bo‘lgan uning voyaga yetmagan o‘g‘li Sh. Eshpo‘latov turli darajadagi tan jarohatlari bilan RShTYoIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. B. Mo‘minov esa tan jarohati olmagan.

​Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman prokuraturasi tomonidan 2026-yil 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

​Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring