Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy Putin ishg‘ol qilgan shaharda ko‘rinish berdi

Zelenskiy Putin ishg‘ol qilgan shaharda ko‘rinish berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kupyansk shahri kirish qismidagi stelasi yonida suratga olingan videosini e’lon qildi.

«Bugun bizning askarlarimiz Kupyansk yo‘nalishida Ukraina uchun natijalarga erishyapti. Ko‘plab rossiyaliklar Kupyansk haqida gapirishgandi – biz esa buni ko‘rib turibmiz. Men yigitlarni tabriklayman», – dedi Zelenskiy videoda.

Voqealar rivojida esa 20 noyabrda Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga Kupyansk Rossiya nazorati ostiga o‘tgani haqida hisobot bergandi.

27 noyabrda Putin Kupyanskdagi qarshilik kuchlari zararsizlantirilgani va shahar to‘liq ruslar qo‘liga o‘tganini e’lon qilgan. 

2 dekabrga kelib Gerasimov Putinga Rossiya harbiylari Kupyansk hududida qurshovda qolgan Ukraina harbiylari guruhini siquvga olayotganini aytgan. Putin ishg‘ol qilingan shaharga xorijlik jurnalistlarni taklif qilgan.

12 dekabr kuni Vladimir Zelenskiy Kupyanskdan videomurojaat qildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring