Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov AQSh prezidentining maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov AQSh prezidentining maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Foto: Komil Allamjonov

Prezidenti Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQShdagi vakili Komil Allamjonov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Maykl Jerimayya bilan uchrashdi.

«Bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Maykl Jerimayya bilan uchrashdik. 

Qator muhim tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni muhokama qildik.

Xususan, AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, Samarqanddagi «C5+1» uchrashuvi hamda Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashdik», deya yozdi Allamjonov. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio joriy yilning 17-22-oktyabr kunlari O‘zbekiston va Hindistonga kelishi kutilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring