AQShdagi boshlang‘ich maktabda otishma sodir bo‘ldi: qurbonlar bor
AQShning Oregon shtati Bend shahridagi boshlang‘ich maktabda 16 yoshli o‘smir otishma sodir etdi. «Associated Press» agentligi mahalliy politsiyaga asoslanib xabar berishicha, hujum oqibatida uch nafar bola va bir o‘qituvchi halok bo‘lgan.
Qurbon bo‘lgan bolalar besh, sakkiz va 11 yoshda bo‘lgan. Bundan tashqari, 7 yoshli o‘quvchi hamda 54 yoshli o‘qituvchi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Xabarga ko‘ra, «Silver Rail» maktabining qulflangan eshiklariga o‘q uzilib, ichkariga bostirib kirilgan. Qotilni shu atrofda yashovchi fuqaro to‘xtatib qoldi: u qurollangan o‘smirni payqab, orqasidan binoga kirgan va uni joyida otib o‘ldirgan. Hozirda hujum sabablari o‘rganilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter