Meloni Trampning Rossiya bilan dizel bo‘yicha kelishuvini xavfli deb atadi
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyadan dizel yoqilg‘isi sotib olish bo‘yicha kelishuvini keskin tanqid qildi.
Melonining ta’kidlashicha, mazkur kelishuv «o‘ta xavfli qadam» bo‘lib, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni zaiflashtiradi va Moskvaga xalqaro maydonda qonuniylik tusini beradi.
«Rossiya bombalari Ukraina shaharlariga tushishda davom etayotgan bir paytda bu Moskvaga qonuniylik berishdir», – dedi u Italiya parlamentidagi chiqishida.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Meloniga qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa uning bayonotiga javoban bu masala Italiya bosh vaziriga daxldor emasligini aytgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter