Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zgardi
Nasriddin Ismatullo, Abdujabbor Rahmonzoda va Farrux Hamralizoda.
Prezident Emomali Rahmon farmoni bilan 2021-yil 4-maydan buyon Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Abdujabbor Rahmonzoda lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.
Uning o‘rniga Nasriddin Ismatullo tayinlandi, bungacha u Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari edi.
Tashqi siyosat idorasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan hafta oxirida Tojikistonning AQShdagi elchisi lavozimidan ozod etilgan Farrux Hamralizoda tayinlandi.
Hamralizoda 2020-yildan buyon Tojikistonning AQShdagi elchisi edi.
Uning o‘rniga Iqtisodiy rivojlanish vazirligining sobiq rahbari Zavqiy Zavqizoda tayinlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter