Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning BAAdagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning BAAdagi yangi elchisi tayinlandi

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan Umid Rustamovich Shodiyevni O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganishicha, ushbu masala O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklari bilan o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarini yana-da mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va turizm sohalarida amaliy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Senatorlar ushbu nomzod tashqi siyosat sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga hamda mamlakatimiz milliy manfaatlarini xalqaro maydonda munosib va samarali tarzda ilgari surish salohiyatiga ega ekanini alohida ta’kidladilar.

Muhokama natijalariga ko‘ra Umid Rustamovich Shodiyev O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring