Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA urushda g‘alaba qozonganini e’lon qilgan uchinchi davlat bo‘ldi

BAA urushda g‘alaba qozonganini e’lon qilgan uchinchi davlat bo‘ldi

Bir muddat oldin AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga erishilgani va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi tankerlar qatnovi uchun ochilishini e’lon qilgan edi.

Trampdan so‘ng maslahatchisi, Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt bu – «Qo‘shma Shtatlar uchun g‘alaba bo‘lib, unga Prezident Tramp va AQShning ajoyib harbiy kuchlari tufayli erishgani»ni e’lon qildi.

Eron tomoni esa rasmiy Tehron taqdim qilgan 10 bandli taklif muzokaralar uchun asos sifatida qabul qilinganini ma’lum qildi va ayrim bayonotlarda bu kelishuv «g‘alaba» sifatida baholanmoqda.

Shunngdek, Eron vitse-prezidenti Muhammad Rizo Aref «X» ijtimoiy tarmog‘ida o‘quvchilarini «g‘alabali tong» bilan tabrikladi va Eron davri boshlanganini bildirdi

Shu bilan birga, Birlashgan Arab Amirliklari ham ushbu vaziyatda o‘zini «g‘alaba qozongan tomon» sifatida baholamoqda.

«Biz aslida qochishga intilgan urushda g‘alaba qozondik. Biz suverenitet va qadr-qimmatimizni himoya qilgan, shuningdek, makkor agressiya sharoitida yutuqlarimizni saqlab qolgan tarixiy milliy mudofaada g‘alaba qozondik», – deb yozadi BAA prezidenti maslahatchisi Anvar Qorqosh. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring