«Dunyoda faqat bitta Xitoy bor…» – Xitoy AQShni Tayvan masalasida ogohlantirdi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQShni Tayvan masalasida «diplomatik ittifoqchilarni mustahkamlash»ga qaratilgan harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Guo Jyakun ma’lum qildi.
Uning bayonoti Tayvan rahbari Lay Chindening Esvatiniga rejalashtirilgan tashrifi AQSh tomonidan «vaqtincha kechiktirilgani» haqidagi xabardan keyin yangradi.
Pekin ta’kidlashicha, Afrikada Esvatinidan tashqari barcha davlatlar Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan
Xitoy pozitsiyasiga ko‘ra, dunyoda yagona Xitoy mavjud va Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuningdek, Xitoy tomoni bu prinsip xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar normalariga mos ekanini ta’kidlab, uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga yuqori baho berdi.
«Dunyoda faqat bitta Xitoy bor. Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismidir. Hech kim Xitoyning pirovard birlashuvini to‘xtata olmaydi. Birlashish ehtimol emas, balki muqarrar masala sifatida taqdim etiladi», – dedi Guo Jyakun.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «yagona Xitoy» tamoyili global tendensiyaga aylangan va uni hech kim to‘xtata olmaydi.
«Dunyoda endi «Tayvan prezidenti» degan tushuncha yo‘q. Bu kabi soxta unvondan foydalanayotganlar tarixga qarshi harakat qilmoqda va faqat sharmandalikka duch keladi», – dedi vazirlik vakili.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter