AQSh fuqarolarini Livandan zudlik bilan chiqib ketishga chaqirdi
AQShning Bayrutdagi elchixonasi Livandagi xavfsizlik vaziyati yuzasidan ogohlantirish berdi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi xavfsizlik muhiti murakkab bo‘lib, tez o‘zgarishi mumkin.
Elchixona AQSh fuqarolarini tijorat reyslari mavjud ekan, Livanni tark etishga chaqirdi. Mamlakatda qolishni tanlaganlardan esa favqulodda vaziyatlar uchun zaxira rejalar tayyorlab qo‘yish va yangiliklarni kuzatib borish so‘ralgan.
AQSh elchixonasiga ko‘ra, harbiy harakatlar bo‘lgan hududlarda portlamay qolgan o‘q-dorilar xavfi saqlanmoqda. Vayron bo‘lgan binolar va zararlangan hududlarga bormaslik, shubhali buyumlarga tegmaslik tavsiya etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter