Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada fuqaro o‘zini kanalga tashlagan ayol hayotini qutqarib qoldi

Farg‘onada fuqaro o‘zini kanalga tashlagan ayol hayotini qutqarib qoldi

Foto: Farg‘ona viloyati FVB

Joriy yil 27-mart kuni soat taxminan 16:30 larda Dilmurod Rahmonov Farg‘ona viloyati Quva tumani Guliston MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali atrofida o‘ziga tegishli yer maydonini sug‘orish maqsadida kelgan paytida kanalga o‘zini tashlagan ayol kishini ko‘rib qoladi. U bir soniya ham ikkilanmasdan inson hayotini saqlab qolish maqsadida o‘zini suvga tashlab, ushbu fuqaroni qutqarib qoladi.

Qutqarilgan ayol o‘zini tanishtirishni va yashash manzilini oshkor etishni istamagan. Shunga qaramay, D.Rahmonov uni zudlik bilan Quva tuman tibbiyot birlashmasiga olib borib, shuningdek, holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan. Shu tariqa u bir insonning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

D.Rahmonovning ushbu jasorati e’tirof etildi va viloyat FVB boshlig‘i polkovnik G‘.Alaviddinov tomonidan unga faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, qahramonning onasiga ham faxriy yorliq topshirilib, alohida ehtirom ko‘rsatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring